"Brayton" Baleba uchun 100 million funt talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 538

«Brayton» klubi kamerunlik yarim himoyachi Karlos Balebaga bo'layotgan qiziqishlar fonida uning transfer narxini belgiladi.
TEAMTalk nashrining xabar berishicha, «chaykalar» 22 yoshli futbolchi uchun 100 million funt sterlingdan kam bo'lgan takliflarni ko'rib chiqish niyatida emas.
Hozirda «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Tottenxem», PSJ va «Nyukasl» kabi klublar yozgi transfer oynasi oldidan futbolchini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Biroq «Brayton» o'z pozitsiyasida qat'iy va futbolchining transferidan kamida 100 million funt ishlab olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357