"Barselona" Rafinyaning holati bo'yicha bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Vinger Rafinya «Barselona» safiga qaytmoqda. Kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Xans-Diter Flik braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi «Jirona»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olishi haqida gapirgan edi. Dushanba kuni klub o'z resurslarida ushbu ma'lumotni rasman tasdiqladi.
«Rafinya sog'lom deb topildi va bugungi o'yin qaydnomasiga kiritiladi», — deyiladi «ko'k-anorranglilar» xabarida.
Eslatib o'tamiz, Rafinya mushaklaridagi muammolar sababli jamoaning oxirgi bir nechta o'yinini o'tkazib yuborgan edi.
«Jirona» va «Barselona» o'rtasidagi Ispaniya La Ligasi bahsi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358