"Chelsi" Barko uchun Uortondan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

Londonning "Chelsi" klubi "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni sotib olishdan bosh tortdi. Bu haqda jurnalist Aaron Ramiro xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Chelsi"ga yaqinda kelgan bosh murabbiy Liam Rosenor o'z jamoasida avvalroq birga ishlagan "Strasburg" xavbeki Valentin Barkoni ko'rishni ma'qul ko'rmoqda.
Joriy mavsumda 21 yoshli Barko barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 29 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentinalik futbolchining "Strasburg" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
416