"Real" Trent Aleksander-Arnoldga shubha qilmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1373

"Real" qiyin davrda himoyachi Trent Aleksander-Arnoldni qo'llab-quvvatladi.
La Liganing shanba kuni bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga (4:1) qarshi o'yinida Trent Gonsalo Garsiyaga golli uzatma berdi. Angliyalik futbolchi ikki oyni o'tkazib yuborgan sonining to'rt boshli mushaklari jarohatidan so'ng ikkinchi o'yinni o'tkazdi.
AS nashrining yozishicha, "Real" Trentga hech qachon shubha qilmagan - kiyinish xonasida jamoalar bir necha mashg'ulotlardan so'ng futbolchining darajasini tushunishgan. Qolaversa, ingliz matbuotida "Real"dan ketishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlar himoyachiga qo'shimcha motivatsiya berdi, xolos.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414