Kapello: "Bastonining jirkanch ishi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Fabio Kapello "Inter"ga qarshi o'yinda (2:3) Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Per Kalyulyuning chetlatilishiga munosabat bildirdi.
"Bastoni Italiya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi va o'zini bunday tuta olmaydi. Uning simulyatsiyasi bilan hakamni aldaganini ko'rish jirkanch edi. Shuningdek, "Inter" murabbiyi Kivuning so'zlari ham meni ranjitdi. U o'z futbolchisini oqlayotgandek taassurot uyg'ondi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
O'z maydonidagi g'alabadan so'ng "neradzurrilar" A Seriyada birinchi o'rinni mustahkamlab olishgan bo'lsa, "keksa sinora" beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334