Bastoni jazolanmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni "Yuventus"ga qarshi o'yinda (3:2) simulyatsiya qilgani uchun jazolanmaydi.
42-daqiqada Kalyulyu Fabio Mirettining noaniq uzatmasidan keyin Alessandro Bastonining oyog'iga zarba berishiga bir baxya qoldi. "Neradzurrilar" futbolchisi simulyatsiya qilib, maysazorga yiqildi, bosh hakam Federiko La Penna esa "Yuventus" himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi.
Uchrashuvdan so'ng A Seriya hakamlar korpusi rahbari Janluka Rokki hakamning xatosini tan oldi.
Football Italia nashrining xabar berishicha, Bastoni Kalyulyu bilan bog'liq epizodda o'zini tutgani uchun jazoga tortilmaydi. Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) Sport odil sudlovi kodeksining 61-moddasiga ko'ra, agar "Inter" himoyachisining xatti-harakatlari Kalyulyuning to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkasiga olib kelgan bo'lsa, rasmiylar voqeani televizion kadrlardan foydalangan holda ko'rib chiqishlari mumkin edi.

Bosh sahifaga
407