Spinatstsolla terma jamoaga chaqiruv olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 444

"Napoli" himoyachisi Leonardo Spinatstsola Italiya terma jamoasiga chaqiruv olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira ma'lum qildi.
Ushbu manba ma'lumotiga ko'ra, A Seriyaning so'nggi turida "Roma" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda milliy jamoa skautlari tribunada bo'lib, Leonardo va boshqa ba'zi futbolchilarning o'yinini diqqat bilan kuzatib borishgan.
Spinatstsola 2017 yilda "skuadra adzurra" safida debyut qilgan va 26 ta o'yinda maydonga tushgan. U oxirgi marta o'tgan yilning oktyabr oyida chaqirilgan, ammo Estoniyaga qarshi o'yinda atigi bir necha daqiqa o'ynagan. Mart oyida Italiya jahon chempionati pley-offida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414