"Manchester Siti" "Nottingem Forest" yulduzini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473

"Nottingem Forest" klubi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" allaqachon "Manchester Siti"ga agar "shaharliklar" 26 yoshli xavbekni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, 69 million evrodan ortiq mablag' sarflashiga to'g'ri kelishini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, "Manchester Siti" Bernardu Silvaning ketishi munosabati bilan yarimhimoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Gibbs-Uaytning o'zi ham "Siti Graund"dagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng yangi chaqiruvlarga tayyor bo'lishi va Chempionlar Ligasida ishtirok etish istiqboli u uchun juda jozibali bo'lishi mumkin.
Gibbs-Uayt bu mavsumda barcha musobaqalarda 35ta o'yin o'tkazib, ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
414