Mourino: "Chempionlar ligasi qirollari bilan nima qilganimizni eslaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 506

Lissabonning "Benfika" klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Madridning "Real" klubi bilan bo'ladigan to'qnashuv haqida gapirdi.
"Bu eng og'ir jang bo'ladi. Men allaqachon bunday o'yinlarga o'rganib qolganman, faoliyatim davomida ular juda ko'p bo'lgan. O'yinga sovuqqon va o'z kuchimizga ishongan holda chiqamiz. Chempionlar Ligasi qirollari bilan nimalar qilganimizni eslaymiz. Yarador qirol juda xavfli", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Diario Sport.
"Benfika" va "Real" o'rtasidagi dastlabki uchrashuv ertaga, 17 fevral kuni Lissabondagi stadionda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375