«PSJ» «Real» xavbekini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 518

«PSJ» «Real» yarim himoyachisi Braim Diasning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Parijliklar futbolchini kelasi yozda sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor. Madridliklar hozircha yakuniy qaror qabul qilishgani yo'q. «Qaymoqranglilar» Frantsiya klubining qiziqishini diqqat bilan tahlil qilmoqda. Diasning o'zi jamoada kattaroq rol o'ynashni xohlaydi va boshqa klubga o'tish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Ushbu mavsumda Braim Dias «Real» safida 23 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va beshta assistni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381