«Atletiko» 45 yil ichida ilk bor «Rayo Valekano»ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 701

«Rayo Valekano» 13 yil ichida ilk bor «Atletiko»ni mag'lub etdi.
La Liganing 24-turidan o'rin olgan bahsda Diego Simeone jamoasi 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bungacha «Atletiko» «Rayo Valekano»ga ketma-ket 19 o'yindan beri — 2013 yil 10 fevraldan (1:2) beri mag'lub bo'lmayotgan edi.
«Atletiko»ning bugungi mag'lubiyati jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar tarixida 1981 yildan beri eng yirigi bo'ldi — o'shanda «matraschilar» Ispaniya Kubogi 1/8 finalining dastlabki o'yinida 0:3 hisobida yutqazishgandi. Chempionat doirasida esa jamoa «Rayo»ga uchta va undan ko'p to'plar farqi bilan 1979 yil noyabridan (1:4) beri mag'lub bo'lmagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376