«Roma» Malenni «Aston Villa»dan to'liq sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

«Roma» hujumchi Doniell Malenni «Aston Villa»dan to'liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Hozirda futbolchi rimliklar safida ijara asosida to'p surmoqda.
Kelishuv 16 yanvarda rasmiylashtirilgan edi. O'shandan beri hujumchi A Seriyada beshta o'yin o'tkazib, beshta gol urishga ulgurdi. 2025/2026 yilgi mavsum davomida esa uning hisobida jami 34 ta o'yin, 12 ta gol va ikkita golli uzatma mavjud.
Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, rimliklar mavsum yakunida birmingemliklarga futbolchi uchun 25 mln evro to'lashga tayyor. Yanvar oyida ijara uchun to'langan ikki million evro ushbu summadan chegirib tashlanadi.
Shu bilan birga, agar «Roma» Chempionlar ligasi yoki Evropa ligasiga yo'llanma olsa va futbolchi o'yinlarning kamida 50 foizida ishtirok etsa, sotib olish optsiyasi majburiyga aylanadi. Shuningdek, «Aston Villa» Malenning keyingi sotuvidan 10 foiz ulush oladigan bo'ldi.

Bosh sahifaga
376