«Arsenal» Martinelli o'rniga 100 millionga futbolchi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

«RB Leyptsig» hujumkor yarim himoyachisi Yan Diomande Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. «Kanonirlar» ivuarlik futbolchini Gabriel Martinellining o'rniga sotib olishlari mumkin.
Teamtalk ma'lumotlariga ko'ra, agar vinger uchun 100 million evro to'lansa, Germaniya tomoni uni qo'yib yuborishga tayyor. Diomandening «Leyptsig» klubi bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 24 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga to'qqizta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
«Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta'qibchisini to'rt ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376