«Liverpul» va «Chelsi» 55 mln evroga baholanayotgan braziliyalikni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588

«Nottingem Forest» himoyachisi Murillo Angliyaning yanada nufuzliroq klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari ma'lum qildi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Premer-liganing amaldagi chempioni — «Liverpul» va Londonning «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda. O'yinchining transfer qiymati 55 million evroga baholanmoqda. Braziliyalik va «o'rmonchilar» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Murillo 18 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol urdi va uchta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359