«Napoli» Maktomineyning APLga qaytishiga yo'l qo'ymoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

«Napoli» rahbariyati jamoaning etakchi yarim himoyachisi Skott Maktominey bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra, Neapol klubi shotlandiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan. Italyanlar 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashni xohlashmoqda.
Avvalroq matbuotda Skottning APLga qaytish istagi borligi, unga Londonning «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
29 yoshli xavbekning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Maktominayning transfer qiymati 45 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353