APLning top-klubi Mourinoni taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino yana Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
The Touchline nashrining xabar berishicha, Joze Mourinoning atrofidagi insonlar ingliz grandlaridan biri portugaliyalik mutaxassisning «Benfika»dagi ishini diqqat bilan kuzatib borayotganini ma'lum qilishgan. Nomi oshkor etilmagan klub «Benfika»ning Chempionlar ligasida Madridning «Real» klubi ustidan qozongan ishonchli g'alabasidan ayniqsa hayratda qolgan.
Manbaga ko'ra, agar Mourino shogirdlari pley-off bosqichida «qirollik klubi»ni musobaqadan chiqarib yubora olsa, APL grandi kelayotgan yozda murabbiyni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Mourino bunga qadar Angliya chempionatida quyidagi klublarda faoliyat yuritgan: «Chelsi» (ikki marta), «Manchester Yunayted», «Tottenxem».

Bosh sahifaga
402