«Mash'al» ganalik legioner bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

Muborakning «Mash'al» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati ganalik markaziy yarim himoyachi Abdul Rashid Abubakar bilan shartnoma imzoladi.
2000 yil 16 mart kuni tavallud topgan (25 yosh) futbolchi maydon markazida ishonchli harakatlari, yuqori jismoniy tayyorgarligi va universalligi bilan ajralib turadi. U markaziy yarim himoyachi pozitsiyasidan tashqari tayanch hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida ham samarali o'ynay oladi. Bo'yi 178 sm bo'lgan Abubakar o'ng oyoqli futbolchi hisoblanadi.
Abdul Rashid Abubakar professional faoliyatini «Accra Lions» klubida boshlagan. Keyinchalik u xalqaro maydonlarda to'p surib, turli mamlakat chempionatlarida tajriba orttirdi. Xususan, Bosniya va Gertsegovinada «FK Sarajevo» safida, Serbiyada «Loznica» jamoasida, O'monda «Bahla», Moldovada «Spartanii Selemet» klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Qozog'iston Premer-ligasida «Ordabasi» hamda «Atirau» jamoalari tarkibida ishtirok etgan.
Futbolchi «Mash'al» safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. «Transfermarkt» portali ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 100 ming evroga baholanmoqda. Yangi legionerning maydon markazidagi faolligi, o'yinni o'qish qobiliyati hamda xalqaro tajribasi «Mash'al» jamoasining yangi mavsumdagi oldiga qo'yilgan maqsadlariga erishishida muhim omil bo'lishi kutilmoqda.
Manba: «Mash'al» matbuot xizmati.
Bosh sahifaga
397