Flik «Barselona»ning muhim o'yinchisiga dam berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 732

Dushanba kuni «Barselona» La Liga doirasida «Jirona»ga qarshi safar o'yinini o'tkazadi. Kataloniya derbisida «ko'k-anorranglilar»ning o'ng qanot himoyachisi Jyul Kundega dam berilishi mumkin: Diario Sport nashrining xabariga ko'ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik frantsuz futbolchisini bo'lajak bahslar uchun asrab qolmoqchi, shu sababli uning yaqinlashib kelayotgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaslik ehtimoli yuqori. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Jyul Kunde aksariyat hollarda «Barselona»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi 36 ta uchrashuvda uchta gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387