Vinisius Junior jarima maydonchasi ichida to'pga teginish bo'yicha reytingni boshqarmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Junior Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida raqib jarima maydonchasi ichida to'pga eng ko'p teginish bo'yicha birinchi o'rinda bormoqda. Bu haqda Statmuse statistik portali e'lon qilgan ma'lumotlar dalolat bermoqda.
Braziliyalik futbolchi hisobida 216 ta teginish mavjud. Keyingi o'rinda uning jamoadoshi Kilian Mbappe (194) qayd etilgan bo'lsa, uchinchi pog'ona «Barselona» a'zosi Lamin Yamalga (187) nasib etdi.
Shuningdek, kuchli o'ntalikdan quyidagi futbolchilar joy oldi: Luis Dias («Liverpul», 176), Erling Xoland («Manchester Siti», 151), Maykl Olise («Bavariya», 149), Lautaro Martines («Inter», 141), Kenan Yildiz («Yuventus», 135), Muhammad Saloh («Liverpul», 134) va Yankuba Minte («Brayton», 133).

Bosh sahifaga
387