Vinisius yaqin kelajakdagi maqsadlarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior yaqin kelajakda nimalarga erishmoqchi ekanligi haqida gapirib berdi.
Shanba kuni braziliyalik futbolchi dubl qayd etib, La Liga doirasidagi «Real Sosedad»ga qarshi bahsda (4:1) «qaymoqranglilar»ning g'alabasiga yordam berdi.
«Real»da o'ynash — bu juda katta mas'uliyat. Mening asosiy orzum — yana sovrin yutish. O'tgan mavsumni titullarsiz o'tkazdik — bu biz uchun juda og'ir bo'ldi.
Shuningdek, 25 yoshli futbolchi o'z milliy terma jamoasi safida jahon kubogini boshi uzra baland ko'tarishni orzu qilishini tan oldi.
«Men Braziliya bilan birgalikda oltinchi yulduzni qo'lga kiritishni istayman», — dedi Vinisius.
«Real» La Liga jadvalida «Barselona»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq kataloniyaliklarda bitta zaxira o'yini mavjud.

Bosh sahifaga
398