Vinisius boshqa klublar futbolchilari orasidagi eng yaxshi do'stini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior boshqa klublarda to'p suradigan futbolchilar orasidagi do'stlarini sanab o'tdi.
«Real»dan tashqarida ham do'stlarim ko'p. Dominik Soboslai [«Liverpul»] bilan ko'p muloqot qilaman — biz yoshligimizda tanishganmiz. Eng yaqin do'stim — hozirda «Flamengo»da o'ynayotgan Paketa. Shuningdek, «Barselona»dan Rafinya, Reyner [«Atletiko Mineyro»], Savio [«Manchester Siti»] va Leau [«Milan»]», — deya Vinisiusning so'zlarini keltirmoqda Madrid Universal.
Braziliyalik futbolchi «qirollik klubi» safida 2018 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Madridga ko'chib o'tishdan oldin hujumchi o'zi uchun qadrdon bo'lgan «Flamengo» jamoasida tajriba orttirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387