"Atletiko" Simeone davri antirekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Madridning «Atletiko» klubi La Liga 24-turi doirasidagi bahsda kutilmaganda «Rayo Valekano»ga imkoniyatni boy berdi — 0:3.
«Arilar» birinchi bo'limning o'zidayoq javobsiz ikkita to'p kiritishdi, tanaffusdan so'ng esa mehmonlar darvozasiga yana bir gol urib, hisobni yiriklashtirishdi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, «matraschilar» Diego Simeone jamoada ish boshlagan vaqtdan — 2011 yilning martidan beri ilk bor Ispaniya chempionati o'yinining birinchi bo'limida o'z darvozalari tomon ettita aniq zarba berilishiga yo'l qo'yishdi. O'shanda bu holat «Visente Kalderon»da Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan derbida yuz bergan edi.
Diego Simeone 2011 yilning dekabr oyida «Atletiko» bosh murabbiyi lavozimini egallagan. Argentinalik mutaxassis qo'l ostida madridliklar ikki bor La Liga g'olibiga aylanishgan.

Bosh sahifaga
412