Arteta "Arsenal" uchun yangi qimmatbaho himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

Londonning «Arsenal» klubi «RB Leyptsig» markaziy himoyachisi Kastello Lyukebaga da'vogar jamoalar safiga qo'shildi.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga shaxsan «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqish bildirmoqda. Agar manbaga ishonilsa, Germaniya klubi frantsuz uchun taxminan 60 mln evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Kastello Lyukebaning Transfermarkt saytidagi taxminiy bahosi — 45 mln evro. Avvalroq futbolchiga madridning «Real», «Bavariya», «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda markaziy himoyachi «RB Leyptsig» safida 20 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga bittadan gol va golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
418