Vinisius: "Mourino "Real" tarixini o'zgartirdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Madridning «Real» klubi futbolchisi Vinisius Junior Joze Mourinyu haqida nima deb o'ylashini aytdi.
Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha «qaymoqranglilar»ni boshqargan. Ayni damda «special one» o'z vatanida «Benfika» klubida faoliyat yuritmoqda. Madridliklar Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasida aynan shu jamoa bilan to'qnash kelishadi.
«Real»ning Mourino qo'l ostidagi o'yinlarini ko'rganmanmi? Albatta. Joze klub tarixini o'zgartirgan», — dedi Vinisius.
«Benfika» va «Real» o'rtasidagi qarama-qarshilikning dastlabki uchrashuvi seshanba kuni «burgutlar» maydonida bo'lib o'tadi. Javob o'yini esa keyingi chorshanba, 25 fevral kuni Ispaniyada o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
410