Arbeloa "Benfika" - "Real" o'yini oldidan Trent bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold safga qaytganidan keyin bosh murabbiy Alvaro Arbeloani o'z o'yini bilan hayratda qoldira oldi.
Angliyalik futbolchi jarohatini davoladi va dekabr oyidan beri ilk bor La Liganing so'nggi turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 27 yoshli futbolchi golli uzatma amalga oshirib, yorqin o'yin namoyish etdi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra Trent Chempionlar Ligasida "Benfika"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi aniq. "Qaymoqranglilar" ustozida "Liverpul" sobiq yulduziga nisbatan hech qanday shubha yo'q.
"Benfika" va "Real" o'rtasidagi qarama-qarshilikning ilk bahsi seshanba kuni Lissabonda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
422