Gasperini: "Malen - mukammal hujumchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

"Roma" ustozi Jan Pero Gasperini Doniell Malenni mukammal hujumchi deb atadi.
Yakshanba kuni yanvar oyida "Aston Villa"dan ijaraga olingan niderlandiyalik futbolchi A Seriya doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinda (2:2) dubl qayd etdi. U "Roma" safida 5 ta o'yinda 5 ta gol urgan.
"Men har doim Malenda mening o'yin uslubim uchun ideal sifatlar borligiga amin bo'lganman, chunki u mukammal hujumchi. U zarba berishda sustkashlik qilmaydi, tezkor, sheriklari bilan kombinatsiya qila oladi. Jamoaga tez-tez gol uradigan hujumchi kerak, chunki biz uni doimo xavf tug'diradigan pozitsiyalarga chiqaramiz.
U biz bilan atigi beshta o'yin o'tkazdi, shuning uchun biz oldinga siljishimiz mumkin deb hisoblayman, ayniqsa, Dibala, Soule va El-Shaaravi optimal formaga kirsa va biz yanada raqobatbardosh bo'la olsak", - dedi Gasperini.

Bosh sahifaga
353