Bundesliga. "Leyptsig" mag'lubiyatdan qutilib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37074

Germaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan bahsda «Leyptsig» o'z maydonida «Volfsburg» bilan durang o'ynadi — 2:2.
Mehmonlarning gollariga Mohamed Amura va Mattias Svanberg mualliflik qilishdi. Mezbonlar safida esa Yan Diomande va o'yinning 89-daqiqasida muvozanatni tiklagan Brayan Gruda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Ushbu durangdan so'ng «Leyptsig» 40 ochko jamg'arib, Bundesliga turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Volfsburg» esa 20 ochko bilan 15-pog'onada qolmoqda. Jamoaning g'alabasiz seriyasi beshta o'yinga etdi.
21 fevral kuni «Leyptsig» o'z uyida «Borussiya»ni qabul qilsa, «Volfsburg» «Augsburg» mehmoni bo'ladi.
Germaniya Bundesligasi, 22-tur
15 fevral, 21:30. «Red Bull Arena».
«RB Leyptsig» — «Volfsburg» — 2:2 (0:0)
Gollar: 0:1 – 52 Amura, 1:1 – 70 Diomande, 1:2 – 78 Svanberg, 2:2 – 89 Gruda.
«RB Leyptsig»: Gulachi (Vandervordt, 29), Orban, Zayvald (Lyukeba, 82), Finkgrefe, Xenriks (Baku, 63), Shlager, Baumgartner, Gruda, Nusa (Bakayoko, 82), Diomande, Xarder (Romulo, 63).
«Volfsburg»: Grabara, Vavro, Yents, Belosyan, Kumbedi, Eriksen, Arnold, Mayer (Kulierakis, 84), Siogai (Svanberg, 60), Dagim (Adjeti, 90+5), Amura (Peychinovich, 84).
Ogohlantirishlar: Shlager (63) — Kumbedi (48).

Bosh sahifaga
355