Oblak: «La Ligani qo'ldan boy berdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 780

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak Ispaniya La Ligasi 24-turi doirasida «Rayo Valekano»dan qabul qilingan yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz La Ligada yutqazdik. Endi chempionlik uchun kurasha olmaymiz va bugungi mag'lubiyatga loyiq edik», — deya Oblakning so'zlarini keltiradi El Chiringuito.
Ispaniya chempionatining 24 ta o'yinidan so'ng Madridning «Atletiko» klubi 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Rayo Valekano» esa 23 ta o'yindan so'ng 25 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda. Turnirda 60 ochko jamg'argan «Real Madrid» peshqadamlik qilmoqda.
Kelgusi turda «Atletiko» 21 fevral kuni o'z maydonida «Espanol»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
404