Azar La Liga va APLni solishtirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33

Belgiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Eden Azar Angliya va Ispaniya chempionatlari o'rtasidagi farq haqida gapirib berdi. O'z vaqtida Azar Premer-ligada «Chelsi», La Ligada esa «Real» sharafini himoya qilgan.
«APL va La Liga? Ularning o'yin uslubi turlicha. Premer-liga ko'proq jismoniy kuchga asoslangan – sen yugurishdan to'xtamaysan. La Liga esa texnikroq. «Real»da o'yinni nazorat qilishing mumkin, ammo Premer-ligada bunday imkoniyat yo'q – sen barcha 90 daqiqa davomida to'liq tezlikda o'ynashing shart», - dedi Azar The Guardian nashriga.
Eden Azar «Real»dagi omadsiz davrdan so'ng 32 yoshida faoliyatini yakunlagan edi. Belgiyalik futbolchi o'zining eng yaxshi o'yinlarini «Chelsi» tarkibida namoyish etgan.

Bosh sahifaga
410