"Yuventus" futbolchisi ikki baravar ko'proq maosh so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1699

«Yuventus» Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, amerikalik futbolchining amaldagi kelishuvi shu yozda yakuniga etadi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, futbolchining vakillari maoshni hozirgidan ikki baravar oshirishni talab qilishda davom etmoqda. Ayni damda Makkenni 2,5 milliondan 3 million evrogacha maosh olmoqda (qayd etilishicha, bonuslar qismi deyarli har doim to'lab berilgan). Klub maoshni oshirishga tayyor, biroq agentlarning talabini to'liq bajarish niyatida emas.
A Seriya joriy mavsumida 27 yoshli yarim himoyachi 24 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431