"Real" yulduzi muhim o'yinga to'liq tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 965

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Benfika»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Frantsiyalik yulduz La Liganing shanba kungi «Real Sosedad»ga qarshi bahsini (4:1) o'tkazib yuborgan edi. Avvalroq Mbappe dekabr oyi oxirida olgan jarohati sababli tizzasida noqulaylik his qilayotgani xabar qilingandi.
Marca nashrining yozishicha, bugungi mashg'ulotlarda Mbappe umumiy guruhda ishtirok etgan. «Sosedad» bilan o'yinda qatnashgan futbolchilar esa tiklanish mashqlarini bajarishdi; kechagi bahsda hech kim jarohat olmagan.
Shuningdek, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasidagi «Benfika»ga qarshi o'yinda jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Jud Bellingem, Eder Militao va Rodrigo aniq maydonga tushmasligi xabar qilinmoqda.

Bosh sahifaga
433