La Liga. "Rayo" "Atletiko"ni tor-mor keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1220

Ispaniya chempionatining 24-turida «Atletiko» safarda «Rayo Valekano»dan yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi — 0:3.
40-daqiqada Fran Peres hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, Oskar Valentin mezbonlarning ustunligini oshirdi. «Matraschilar» darvozasiga uchinchi golni 76-daqiqada Nobel Mendi kiritdi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng «Atletiko» (45 ochko) turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa tushib ketdi. Qizig'i shundaki, bundan avvalroq, 12 fevral kuni madridliklar Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o'yinida «Barselona»ni 4:0 hisobida tor-mor etgan edi.
«Rayo Valekano» 25 ochko jamg'argan holda La Liga jadvalida 16-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ispaniya La Ligasi, 24-tur
15 fevral, 20:15. «Valekas» stadioni.
«Rayo Valekano» — «Atletiko» — 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 40 Fran Peres, 2:0 – 45 Valentin, 3:0 – 76 Mendi.
«Rayo Valekano»: Batalya, Lejen, Mendi, Espino, Ratsyu, Xerard Gumbau (Lopes, 83), Valentin, Palazon (Vertroud, 64), Fran Peres (Dias, 64), Axomash (Nteka, 74), De Frutos (Alvaro Garsiya, 64).
«Atletiko»: Oblak, Ximenes, Langle (Lorente, 63), Rudjeri (Vargas, 57), Molina, Mendosa (Le Norman, 56), Kardozo (Lukman, 63), Gonsales, Baena (Alvares, 57), Serlot, Almada.
Ogohlantirishlar: Alvaro Garsiya (90) — Kardozo (29), Mendosa (52), Lorente (70).

Bosh sahifaga
436