Ikki xil "Atletiko": Kubokda "Barsa"ni er tishlatgan jamoa La Ligada gol urishni unutib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

«Atletiko» La Ligada ketma-ket uchta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. Umumiy to'plar nisbati — 0:4.
Bugun Diego Simeone jamoasi 24-tur doirasida safarda «Rayo Valekano»ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi (0:3). Bungacha «matraschilar» «Levante» bilan durang o'ynagan (0:0) va «Betis»dan mag'lub bo'lishgandi (0:1).
Qizig'i shundaki, ushbu muvaffaqiyatsizliklar fonida madridliklar o'tgan payshanba kuni Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki bahsida «Barselona»ni ayab o'tirmadi (4:0).
Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Atletiko» ayni damda 45 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
421