Elit OChL. "Sharja" - "Nasaf". Jamoalar qanday libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

Ertaga, 16 fevral kuni Qarshining "Nasaf" klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasida so'nggi 8-tur o'yinini safarda BAAning "Sharja" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Ushbu uchrashuv oldidan musobaqa rasmiylari hamda har ikki jamoa vakillari ishtirokida an'anaviy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilinib, uchrashuv uchun jamoalarning libos ranglari ham belgilab olindi. Unga ko'ra, mehmonlar — “Nasaf” qizil, mezbon jamoa — “Sharja” esa oq rangli sport formalarida maydonga tushadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431