Simeone: «Tuyg'ularimni ta'riflashga so'z topa olmayapman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone o'z jamoasini qanchalik qattiq yaxshi ko'rishini aytdi.
«Ushbu klubga bo'lgan tuyg'ularimni ta'riflash uchun so'z topa olmayapman. Menga ko'rsatilayotgan mehr-muhabbat uchun minnatdorman. Shuningdek, futbolni xuddi men kabi ehtiros bilan namoyish etayotgan futbolchilarimdan ham minnatdorman. Buni ta'riflashga so'z ojiz», — dedi Simeone matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, argentinalik mutaxassis 2011 yildan beri «Atletiko»ni boshqarib kelmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «matraschilar» 23 ta o'yin o'tkazib, 45 ochko jamg'arishdi. Ayni damda jamoa turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328