Ouen Dyokereshni qattiq tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 619

Mashhur sobiq futbolchi Maykl Ouen Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Shvetsiyalik futbolchi o'tgan yozda Lissabonning «Sporting» klubidan «kanonirlar» safiga kelib qo'shilgan edi.
«Men Dyokereshdan hayratda emasman. Agar u har bir o'yinda maydonga tushsa, albatta gollar uradi. Lekin hozirgi holatimda har o'yinda tushsam, hatto men ham foyda keltirishim mumkin edi — chunki hozir bu jamoa juda kuchli va ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Dyokereshni muammolar echimi deb atash mumkinmi? Ishonchim komil emas. 60 million funt to'langan hujumchidan odam ko'proq narsa kutadi.
Agar ertaga «Arsenal» Chempionlar ligasi finalida o'ynasa, Arteta Viktorni asosiy tarkibga qo'ygan bo'larmidi? Menimcha, u Jezus yoki Xavertsni afzal ko'rgan bo'lardi. Bu esa ko'p savollarga javob beradi», — deya ingliz OAVlari Ouenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Bugun Angliya Kubogi doirasida «Arsenal» «Uigan»ga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
328