Yana bir jahon yulduzi «Real»ga o'tishni orzu qiladi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai o'z kuchini Madridning «Real» klubida sinab ko'rishni orzu qilmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Soboslai «Liverpul»da juda baxtli, biroq agar unga «Real»dan taklif tushsa, bu masala ustida uzoq o'ylab o'tirmaydi. Ta'kidlanishicha, Soboslai «Real»ni o'zi uchun ideal klub deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda 25 yoshli vengriyalik yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Soboslaining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 85 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414