"Tottenxem" va "Liverpul" Niko Uilyams uchun jiddiy kurash boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Londonning «Tottenxem» klubi Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning «Atletik» klubi hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, «shporlar» rahbariyati futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 95 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor. Shuningdek, Uilyamsning xizmatlariga APLning amaldagi chempioni — «Liverpul» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Niko 2021 yilning yozidan buyon Bilbao jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Vinger va basklar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2035 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
La Liganing joriy mavsumida Uilyams 19 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
344