"Chelsi" Kukurelya bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2582

Ispaniyalik lateral Mark Kukurelya Londonning «Chelsi» klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
«Teamtalk» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «aristokratlar» 28 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlashgan. Kukurelyaning o'zi ham London klubi bilan yangi kelishuvni rasmiylashtirishga qarshi emas.
Joriy mavsumda Kukurelya «aristokratlar» safida 35 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. «Transfermarkt» portali ekspertlarining bahosiga ko'ra, himoyachining bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360