Vinisius Jorjino uslubidagi penaltilardan so'ng italiyalik futbolchiga hazilona "salom" yo'lladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

Ispaniya La Ligasida Madridning "Real" klubi o'z maydonida "Real Sosedad"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Ushbu o'yinda Vinisius Junior ikkita penaltini aniq amalga oshirib, dubl qayd etdi. O'n bir metrlik nuqtadan zarba berish oldidan Vinisius xuddi "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Jorjino kabi kichik sakrashni amalga oshirdi.
O'yindan keyingi kuni Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda o'z zarbasi aks etgan fotosuratni e'lon qildi va Jorjinoning sahifasiga havola qoldirib, unga murojaat qildi. "Real" yulduzi hech narsa yozib o'tirmadi, faqatgina ikkita — kulib turgan va o'ylanib qolgan emodzilarni qo'shib qo'ydi.
"Real" navbatdagi o'yinini 17 fevral kuni Chempionlar ligasi doirasida safarda "Benfika"ga qarshi o'tkazadi.


Bosh sahifaga
353