"Liverpul" "Real" ko'zlayotgan futbolchini ilib ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569

Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niko Shlotterbekka Angliyaning "Liverpul" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Shlotterbek klub bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishni rad etganidan so'ng, "Borussiya" o'z futbolchisini sotishga tayyorligini bildirgan. Ta'kidlanishicha, "Liverpul" yozgi transfer oynasida himoyachi uchun 50 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Madridning "Real" klubi ham Shlotterbekka jiddiy qiziqish ko'rsatmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli Shlotterbek barcha turnirlarda jami 26 ta o'yinda ishtirok etdi, uchta gol urdi va o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
410