Maktominay «Roma»ga qarshi muhim o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominay baribir yakshanba oqshomida bo'lib o'tadigan «Roma»ga qarshi muhim o'yinni o'tkazib yuboradi.
U ushbu bahsgacha sog'ayishga ulgurmadi, Antonio Konte esa uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishni istamadi — murabbiy avvalgi o'yinda ham yallig'lanish yanada jiddiyroq jarohatga aylanib ketmasin degan xavotirda futbolchini maydondan olgan edi.
Aynan «Napoli» ustozi Maktominayni etarlicha tiklanmagan deb hisoblab, navbatdagi o'yinda usiz harakat qilib ko'rishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Skott Maktominay 2024 yildan beri Neapolda to'p surmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
413