«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Reshfordning hozirgi holatiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Ues Braun Markus Reshford haqida fikr bildirdi. 28 yoshli vinger hali ham «qizil iblislar»ga tegishli bo'lsa-da, joriy mavsumni ijara asosida «Barselona»da o'tkazmoqda.
«Markus — shu erlik yigit va «Manchester Yunayted»da uning rahbariyat bilan muammolari borligi ayon edi. Futbolda ba'zida shunday voqealar bo'lib turadi, biz bunga ilgari ham guvoh bo'lganmiz. Reshford «Barselona»da o'ziga nisbatan bo'layotgan bosimni yaxshi engib o'tmoqda», — deya «Mundo Deportivo» Braunning so'zlarini keltirmoqda.
Markus Reshford «ko'k-anorranglilar» safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'nta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
422