Slot APLdagi taktik o'zgarishlar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi jamoalarining o'yin uslubidagi o'zgarishlar haqida to'xtaldi.
Shanba kuni mersisaydliklar Angliya Kubogi doirasida "Brayton" ustidan g'alaba qozonishdi (3:0). O'yindan keyingi suhbatda niderlandiyalik mutaxassis mahalliy futboldagi taktik trendlar haqidagi jurnalistlar savoliga javob berdi.
"Zamonaviy Premer-liga — bu endi darvoza oldidan qisqa uzatmalar bilan o'yin boshlash haqida emas. Endi asosiy urg'u uzun uzatmalar va standart vaziyatlarga qaratilmoqda", — dedi Slot o'z intervyusida.
Joriy mavsum davomida "qizillar" ustozi yopiq va oddiy uslubda o'ynaydigan raqiblarga qarshi jamoasi qiynalayotganini bir necha bor ta'kidlab o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363