Osimxen Evropaning grand klubida qiziqish uyg'otdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen Germaniyaning "Bavariya" klubi e'tiborini tortdi. Bu haqda "UTD Bash" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hozirda Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli futbolchining xizmatlariga Evropaning boshqa qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Faoliyati davomida Osimxen, xususan, "Volfsburg", "Lill" va "Napoli" klublarida to'p surgan. O'z mamlakati terma jamoasi tarkibida esa Afrika vitse-chempioni hamda ikki karra qit'a birinchiligining bronza medali sohibiga aylangan. U terma jamoa safida 52 ta o'yinda 35 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Joriy mavsumda Osimxen barcha klub turnirlari doirasida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. "Transfermarkt" portali talqiniga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
284