Valverde Arbeloaning ko'rsatmalari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Shanba kuni Madridning "Real" klubi La Liga doirasidagi bahsda o'z maydonida "Real Sosedad"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi (4:1).
"Qaymoqranglilar" Gonsalo Garsiya, Federiko Valverde va Vinisius Juniorning gollari evaziga zafar quchishdi.
"Murabbiy maydonda ko'p harakat qilishimizni so'ramoqda va bugun o'zimni ancha qulay his qildim", — dedi Valverde jamoa o'yini haqida berilgan intervyuda.
Alvaro Arbeloa bir oycha oldin iste'foga chiqarilgan Xabi Alonsoning o'rnini egallab, madridliklar boshqaruvini qo'lga olgan edi.
"Real" Madrid "Barselona"ni ikki ochkoga ortda qoldirdi, biroq kataloniyaliklar joriy turdagi o'yinlarini hali o'tkazishgani yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341