"Vinisius kontakt izladi": "Real Sosedad" bosh murabbiyi Madriddagi mag'lubiyat sabablarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

"Real Sosedad" klubi ustozi Pellegrino Mataratstso Madridning "Real" jamoasi bilan kechgan uchrashuv (1:4) yakunlari haqida to'xtaldi.
"Bu qiyin o'yin bo'ldi, bizdan barcha harakatlarda to'liq faollik talab etilardi. Agar qaysidir jabhada bu etishmasa, ayniqsa madridliklarga qarshi bahsda buning uchun jazolanish mumkin. Penalti belgilangan vaziyatlarda pozitsion xatolarga yo'l qo'ydik. Bugungi voqealardan ko'p narsa o'rganishimiz kerak", — deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Marca".
"Birinchi golni o'yin boshida o'tkazib yubordik, shuning uchun charchoqni bahona qilib bo'lmaydi. Vaqt o'tishi bilan haqiqatan ham charchoq sezildi, lekin baribir bu haqda gapirishni yoqtirmayman".
"Penalti? Ikkala vaziyatda ham kontakt bor edi, garchi Vinisius uni izlagan bo'lsa-da. Bizning rejamiz Vinisiusning qanotdan o'tib ketishini yopish edi, biroq har ikki holatda ham buni uddalay olmadik".
Ushbu uchrashuvdan so'ng "Real Sosedad" 31 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda. Madridning "Real" klubi esa 60 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Bosh sahifaga
283