"Liverpul" va "Chelsi" "Yuventus" himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Lloyd Kelli Italiya A Seriyasini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda insayder Mirko di Natale ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga bir yo'la bir nechta ingliz klublari qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" jamoalari, shuningdek, APLning amaldagi chempioni — "Liverpul" haqida bormoqda.
Joriy mavsumda Lloyd "keksa sinora" tarkibida 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Uning shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan, bozor qiymati esa 20 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290