Saloh jamoadoshini dunyoning eng yaxshi futbolchilari safiga qo'shdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1937

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Kubogi to'rtinchi raundida "Brayton" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) intervyu berdi.
"Qizillar" Kyortis Jons, Dominik Soboslai va penaltini aniq amalga oshirgan Muhammad Salohning gollari evaziga zafar quchishdi.
"G'alabamizdan va urilgan penaltidan xursandman. Bu bizga ishonch bag'ishladi.
Angliya Kubogida g'olib chiqa olamizmi? Ko'p narsa Soboslaining o'yiniga bog'liq bo'ladi. Hozirgi vaqtda u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Bu barchamiz uchun juda yaxshi", — dedi 33 yoshli misrlik futbolchi "TNT Sports"ga bergan intervyusida.
22 fevral kuni Arne Slot shogirdlari Premer-liga doirasida "Nottingem Forest" mehmoni bo'lishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284