"Real" La Ligada penaltilar bo'yicha rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 692

"Real" ishlab olingan o'n bir metrlik jarima zarbalari bo'yicha rekord o'rnatdi.
Alvaro Arbeloa jamoasi 24-tur doirasidagi "Sosedad"ga qarshi o'yinda ikki bor penalti ijro etdi. Vinisius Junior ikkala safar ham to'pni darvoza to'riga joyladi.
Umumiy hisobda, madridliklar joriy chempionatning 24 turi davomida 13 marta penalti tepishdi. Bu musobaqa tarixidagi yangi rekorddir. Avvalgi eng yaxshi natija (12 ta penalti) "Barselona"ga tegishli edi (1950/51 va 2015/16 yilgi mavsumlar).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286